Tramp hukumatni moliyalashtirish haqidagi qonunni imzolab, qisman shatdaunni yakunladi, deb yozmoqda Associated Press.
AQSh prezidenti Donald Tramp federal hukumat faoliyatini moliyalashtirishga oid qariyb 1,2 trillion dollarlik qonun loyihasini imzoladi. Ushbu qaror hafta oxirida boshlangan federal hukumat faoliyatining qisman to‘xtab qolishi, ya’ni shatdaunga barham berdi.
"Qonun loyihasi Tramp tomonidan AQSh Vakillar palatasi uni 214 ga 217 ovoz bilan ma’qullaganidan so‘ng darhol imzolandi. Prezident hujjatni “Amerika xalq uchun katta g‘alaba” deb atadi", deya xabar bermoqda agentlik.
Mazkur ovoz berish AQSh Kongressining hukumat idoralari va dasturlarini 30 sentyabrgacha moliyalashtiruvchi 11 ta yillik byudjet hujjati bo‘yicha ishlarini yakunladi.
"Hujjat yangi siyosiy bahslarga ham zamin yaratdi. Chunki qonun Ichki xavfsizlik vazirligini (DHS) faqat ikki haftaga — 13 fevralgacha moliyalashtirishni nazarda tutadi. Bu qaror Demokratlarning AQSh bojxona va immigrasiya nazorat xizmati(ICE) faoliyatini cheklashni talab qilgani bilan izohlanmoqda", deyiladi xabarda.