Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Qatarga qilingan har qanday qurolli hujum AQSh xavfsizligiga tahdid sifatida baholanishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Tramp Qatarga qilingan har qanday qurolli hujum AQSh xavfsizligiga tahdid sifatida baholanishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Bu haqda NYT xabar bermoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar Qatarning hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni, jumladan diplomatik, iqtisodiy va kerak bo‘lsa, harbiy choralarni ko‘radi.

Trampning farmoni Isroilning Dohadagi nishonlarga bergan zarbasidan ko‘p o‘tmay e’lon qilindi. 9 sentyabr kuni amalga oshirilgan raketa zarbasi oqibatida bir necha kishi, jumladan, Qatar xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘lgan edi.

Isroil zarbadan afsusdaligini bildirdi va AQSh prezidenti vositachiligida Qatar rasmiylari bilan aloqa o‘rnatdi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bunday kafolatlar ilgari hech bir arab davlatiga berilmagan, shuning uchun bu qadam o‘ziga xosdir.

Kiritildi: 22:25 01.10.2025. O'qildi: 691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!