Qatar yaqin yillarda AQSh harbiy-havo kuchlari joylashgan Al-Udeyd bazasiga 10 milliard dollar ajratadi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Qatardagi Al-Udeyd harbiy bazasida harbiylar oldidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.
“Bundan tashqari, Qatar yaqin yillarda ushbu yirik aviabazaga o‘n milliard dollar sarmoya kiritadi”, — dedi u.