Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Putindan noumid bo‘ldi va Ukrainadagi mojaroni bartaraf etmaslik holatida Rossiyaga qattiq tariflar bilan tahdid qildi

Tramp Putindan noumid bo‘ldi va Ukrainadagi mojaroni bartaraf etmaslik holatida Rossiyaga qattiq tariflar bilan tahdid qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp BBC telekanaliga bergan intervyusida Rossiya rahbari Vladimir Putindan noumid bo‘lganini va Kremlning Ukraina mojarosini hal etishga nisbatan pozisiyasidan noroziligini bildirdi.

«Men undan noumidman, lekin u bilan aloqalarimiz tugamadi. Ammo men undan noumidman», — dedi Tramp.

Tramp Rossiyadan 50 kun ichida mojaroni bartaraf etishni talab qilib, aks holda Rossiya bilan savdo aloqalarida bo‘lgan davlatlarga 100 foizgacha yetishi mumkin bo‘lgan "ikkilamchi tariflar" joriy etilishini aytdi.

«Agar kelishuv 50 kun ichida amalga oshmasa, biz juda qattiq tariflarni joriy etamiz», — dedi u.

Shuningdek, Tramp NATO bilan Ukrainaga katta miqdorda harbiy yordam yetkazib berish yuzasidan kelishuvga erishilganini ta’kidladi.

«Biz eng zamonaviy qurollar ishlab chiqaramiz va uni NATOga berib boramiz, so‘ngra esa alyans bu qurollarni qayerda zarur bo‘lsa o‘sha yerga yetkazadi», — dedi AQSh rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u avvalroq Rossiya bilan to‘rt marta tinchlik kelishuviga yaqin kelgan, ammo nizo hali ham davom etmoqda.

Bundan oldin Tramp AQSh Ukrainaga Patriot zenit-raketalik majmualarini yuborishini aytgan, biroq ular uchun moliyaviy xarajatlarni Yevropa Ittifoqi qoplashi kerakligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 19:09 15.07.2025. O'qildi: 463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!