Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashishi mumkin

Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashishi mumkin

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi keyingi uchrashuv Shvesiyada o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellog gapirdi.

"Prezident Tramp taxminan bir hafta oldin prezident Putin bilan suhbatlashganida, ruslar ular shartlar ro‘yxati deb ataluvchi memorandumni tayyorlayotganliklarini aytishgan edi. Ukraina bizga bunday hujjatni topshirdi. Endi Rossiya ham tegishli ro‘yxatni yopshirishi kerak", — dedi Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Fox News efirida.

Kellogning aytishicha, shundan keyin ikki tomonning shartlarini birlashtirib, "nima maqbul, nima maqbul emas"ligini tushunish lozim bo‘ladi va yana bir uchrashuv tashkillashtiriladi.

"Biz bu uchrashuvni Vatikanda o‘tkazmoqchi edik, ammo rossiyaliklar u yerga borishni xohlamadi. Shuning uchun Jeneva keyingi uchrashuv manzilo bo‘lishi mumkin. U yerda uchta yetakchi: prezident Tramp, Putin va Zelenskiy o‘zaro kelishib, urushni to‘xtatish masalasini hal qilishi mumkin", — deya qo‘shimcha qildi Kellog.

Kellog, shuningdek, Rossiyani muzokaralarda ishtirok etishga undash uchun unga bosim o‘tkazishni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Kiritildi: 19:52 27.05.2025. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!