Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp: Putin tinchlik kelishuviga Zelenskiydan ko‘ra ko‘proq manfaatdor

Tramp: Putin tinchlik kelishuviga Zelenskiydan ko‘ra ko‘proq manfaatdor

AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiydan ko‘ra ko‘proq manfaatdor ekanini aytdi. Bu haqda u 13 oktyabrga o‘tar kechasi jurnalistlar savollariga javob berayotganda ma’lum qildi.

Rossiya energetika sohasidagi sulhni buzgani haqidagi savolga Tramp vaziyatni o‘rganish kerakligini va har ikki tomon ham qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yganini aytdi. Uning fikricha, kelishuvga erishish uchun Zelenskiyni ko‘ndirish lozim.

Avvalroq Zelenskiy AQShni Rossiyaga ta’sir o‘tkazib, energetika ob’ektlariga hujumlarni to‘xtatishga undashga chaqirgan. Uning aytishicha, 11 oktyabr kuni hujumlar to‘xtatilishi haqidagi xabarlar tarqalganidan ko‘p o‘tmay, Rossiya armiyasi Xarkivdagi issiqlik elektr markaziga zarba bergan.

Kiritildi: 16:25 13.10.2026. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!