Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Putin bilan suhbatdan so‘ng Yevropa yetakchilari bilan bog‘landi — Financial Times

Tramp Putin bilan suhbatdan so‘ng Yevropa yetakchilari bilan bog‘landi — Financial Times

19 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashganidan so‘ng, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Finlyandiya hamda Yevrokomissiya yetakchilari bilan bog‘landi.

Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasidagi kelishuvlar Yevropa rahbarlarini hayratga solgan.

Manba Trampning aynan qanday gaplari Yevropa yetakchilarini hayratga solgani haqida aniqlik kiritmagan. Shu bilan birga, Financial Times Trampning Putin bilan suhbatdan keyingi bayonotlari Vashington Rossiya-Ukraina mojarosini tartibga solishda vositachilik rolidan voz kechishi mumkinligini ko‘rsatishini qayd etgan.

Kiritildi: 12:29 20.05.2025. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!