AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp mudofaa vaziri lavozimiga Fox News telekanali boshlovchisi va AQSh armiyasi faxriysi Pit Xegset nomzodini ilgari surdi.
Bu haqda Trampning o‘tish davridagi jamoasi e’lon qilgan bayonotida aytilgan.
"Pit butun umri davomida jangchi bo‘lib kelgan. Pit qattiqqo‘l, aqlli va Amerikada haqiqiy dindor", - dedi Tramp o‘z bayonotida.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Pit Xegset bilan Amerika armiyasi "yana buyuk bo‘ladi".
Pentagon rahbari lavozimiga Xegsetdan tashqari Vakillar palatasining Qurolli kuchlar qo‘mitasi raisi Mayk Rojers va iste’fodagi general-leytenant Keyt Kellog ham ko‘rib chiqildi.
44 yoshli Xegset AQSh Milliy gvardiyasi faxriysi bo‘lib, Afg‘oniston, Iroq va Guantanamoda xizmat qilgan. 2014 yildan beri Fox News kompaniyasida ishlaydi. 2016 yilda Xegset respublikachilar, jumladan Marko Rubioning tanqidiga qaramay, Trampning birinchi nufuzli tarafdorlaridan biriga aylandi.