Donald Tramp Papa Leo XIVning Eron bo‘yicha pozisiyasini yana tanqid qildi.
Tramp radiobodlovchi Xyu Xyuittga bergan intervyusida Papa Eronning yadroviy dasturiga yetarlicha jiddiy qaramayotganini iddao qildi.
“Uning bunday yondashuvi ko‘plab katoliklar va boshqa odamlarni xavf ostiga qo‘yadi”, — dedi Tramp.
Biroq Papa Leo XIV Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamagan. U bir necha bor yadroviy qurollardan xoli dunyo yaratishga chaqirib, AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlarini tanqid qilgan va muzokaralar tarafdori ekanini bildirgan.
Ma’lum qilinishicha, bu bahs Marko Rubioning Italiya va Vatikanga rejalashtirilgan tashrifi arafasida yuzaga kelgan. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar Tramp va Papa o‘rtasidagi ochiq tortishuv ortidan ancha yomonlashgan.