Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Tramp Panamadagi kanalni olib qo‘yish bilan tahdid qildi

 Tramp Panamadagi kanalni olib qo‘yish bilan tahdid qildi


AQShning saylangan prezidenti Panamaning Panama kanalidan foydalangani uchun AQShdan undirayotgan tariflari miqdoridan noroziligini bildirdi.

“Prezident Jimmi Karter o‘z lavozimida bo‘lganida ahmoqona ravishda uni bir dollarga berganida, uni Xitoy yoki boshqa birov emas, faqat Panama boshqarishi kerak edi. Panamaga AQSH, uning harbiy-dengiz kuchlari va mamlakatimizda biznes yurituvchi korporasiyalarga o‘tish uchun o‘ta yuqori narxlar va tariflarni undirish huquqi ham berilmagan”, — deb yozgan Tramp o‘zining Truth Social sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, aynan Qo‘shma Shtatlar ushbu kanaldan eng faol foydalanadi, bu esa o‘z navbatida Amerika iqtisodiyoti va milliy xavfsizligida asosiy rol o‘ynaydi.

“Panamadan olinadigan bojlar bema’ni, ayniqsa AQShning Panamaga ko‘rsatgan g‘ayrioddiy saxiyligini hisobga olsak. Agar ushbu saxiy transfer aktining axloqiy va huquqiy tamoyillari hurmat qilinmasa, biz Panama kanalini bizga to‘liq qaytarib berishni talab qilamiz, hech qanday savol berilmaydi. Panama rasmiylari, iltimos, shunga muvofiq harakat qiling!”, deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Fox News avvalroq Tramp Kanada noqonuniy migrasiya va giyohvand moddalar kontrabandasi muammolarini hal qilmasa, Amerikaning 51-shtatiga aylanishi mumkinligini aytgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: Bugun 11:55. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!