Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp ortidan Putin ham Xitoyga boradi

Tramp ortidan Putin ham Xitoyga boradi

Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19–20 may kunlari rasmiy tashrif bilan Xitoyga borishini ma’lum qildi. Tashrif AQSh prezidenti Donald Trampning Pekin safari yakunlanganidan bir necha kun o‘tib bo‘lib o‘tadi.

Rossiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, Putin Xitoy raisi Si Szinpin taklifiga binoan tashrif buyuradi. Uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi Do‘stlik va hamkorlik shartnomasi imzolanganining 25 yilligiga bag‘ishlanadi.

Tomonlar «har tomonlama strategik sheriklik»ni yanada chuqurlashtirish, shuningdek xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Muzokaralar yakunida qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, Putin Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan bilan ham uchrashib, iqtisodiy va savdo hamkorligini muhokama qiladi.

Bu tashrif Donald Trampning Xitoy safari ortidan o‘tkazilmoqda. G‘arb nashrlari qayd etishicha, Tramp Pekindagi muzokaralarda savdo, Ukraina va Eron bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha sezilarli natijaga erisha olmagan.

Kiritildi: 22:59 16.05.2026. O'qildi: 191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!