Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Oq uyda Ramazon oyi sharafiga iftor uyushtirdi

Tramp Oq uyda Ramazon oyi sharafiga iftor uyushtirdi

Donald Tramp Oq uyda Ramazon oyi sharafiga iftor uyushtirdi.

"Ramazon muborak!" – deya murojaat qildi AQSh prezidenti iftorlikga tashrif buyurganlarga qarata. Tramp, shuningdek, 2024 yil noyabr oyidagi saylovda uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan amerikalik musulmonlarga minnatdorchilik bildirdi.

"Mening ma’muriyatim Yaqin Sharqda barqaror tinchlikka erishish uchun tinimsiz diplomatik sa’y-harakatlar olib bormoqda", – deya ta’kidladi Donald Tramp.

Ma’lumot uchun, AQShda 4,5 millionga yaqin musulmon istiqomat qiladi. Bu mamlakat aholisining taxminan 1,3 foizini tashkil etadi. 1990 yillarning oxiridan beri Oq uyda har yili Ramazon oyida iftorlik o‘tkazib kelinadi. 2017 yilda Tramp bu an’anani to‘xtatgan bo‘lsa-da, bir yildan so‘ng uni qayta tiklangan.

Kiritildi: 17:12 28.03.2025. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!