Raamda Qo‘shma Shtatlarning sobiq prezidenti Barak Obama, BMTdagi sobiq vakillar Syuzan Rays va Samanta Pauer (u shuningdek USAID rahbari ham bo‘lgan), prezidentning sobiq maslahatchisi Valeriya Jarret, Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Jeyms Klepper hamda AQSh Demokratik partiyasi bilan aloqador boshqa shaxslarni ko‘rish mumkin.
"Bu yomon (kasal!) odamlar guruhi bo‘lib, ular buyuk millatimiz uchun juda halokatlidir", — deb yozdi Tramp rasm ostiga.