AQSh prezidenti Donald Tramp, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Livan prezidenti Jozef Aun ishtirokidagi uchrashuv Vashingtonda may oyining ikkinchi o‘n kunligida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Bu haqda i24NEWS diplomatik muxbiri Gay Azriel X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, Netanyaxu taxminan 11 maydan boshlanadigan haftada AQShga yetib kelishi va Tramp hamda Aun bilan sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, uchrashuv hozircha rejalashtirish bosqichida bo‘lib, xavfsizlik holatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Xususan, harbiy harakatlar qayta boshlanmasligi asosiy shartlardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.