Polsha Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Pavel Vronskiy AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori ittifoqchilar bilan maslahatlashmasdan qabul qilinganini va bu siyosiy oqibatlarga olib kelishini aytdi. Uning so‘zlaridan Reuters iqtibos keltirgan.
"Bu juda muhim qaror va vaziyat juda jiddiy," - dedi u.
Avvalroq Polsha bosh vaziri Donald Tusk agar Ukraina o‘zini himoya qila olsa, Polsha xavfsizroq bo‘lishini aytgandi.
"G‘arbparast va o‘zini himoya qila oladigan suveren Ukraina kuchliroq va xavfsizroq Polshani anglatadi. Siyosiy notinchlik va o‘sib borayotgan tartibsizlikda bu eng muhimi. Kimki bu aniq haqiqatni shubha ostiga olsa, u Putinning g‘alabasiga hissa qo‘shadi," - deb yozdi Vronskiy X ijtimoiy tarmog‘ida.