Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp NATO sammitida Rossiyani bir marta ham tilga olmadi

Tramp NATO sammitida Rossiyani bir marta ham tilga olmadi

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammitidan keyingi matbuot anjumanida bir marta ham Rossiyani tilga olmadi. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Bloomberg agentligiga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu pozisiyadan va NATO davlatlarining Rossiyani tajovuzkor sifatida tan olishdan bosh tortganidan hafsalasi pir bo‘lgan. Bayonotdan ko‘rinib turibdiki, Rossiya "tahdid" maqomida qolmoqda.

Agentlik suhbatdoshlarining fikricha, Tramp Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish urinishlaridan deyarli voz kechgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda va matbuot anjumanida Amerika yetakchisi Kiyevga yordam berishni davom ettirish haqidagi savolga ham javob bermadi. Bloomberg manbalariga ko‘ra, AQShning bunday ritorikasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga "juda mos keladi".

NATO sammiti bir kun avval Gaagada bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishning asosiy kun tartibi alyansning mudofaa xarajatlarini oshirish edi. Endi ularni hisoblashda Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar hisobga olinadi. NATOga a’zo davlatlar ham Rossiyaga nisbatan keskin ritorikadan voz kechib, Donald Trampning pozisiyasini qo‘llab-quvvatladi. The Telegraph gazetasining yozishicha, bunga sabablardan biri Trampning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar buzilishi ehtimolidan qo‘rqishidir.

Kiritildi: 15:20 26.06.2025. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!