AQSh rasmiylari, agar shahardagi norozilik namoyishlari butun mamlakat va uning fuqarolari uchun xavf tug‘diradi, deb hisoblasa, Los-Anjelesga (Kaliforniya) dengiz piyodalarini yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni Nyu-Jersidan Merilendga uchishidan oldin jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Los-Anjelesdagi noqonuniy muhojirlarning deportasiyasiga qarshi namoyishlar chog‘ida dengiz piyodalari xavfsizlikni ta’minlash uchun qanday sharoitlarda chaqirilishi mumkinligi haqidagi savolga "Mamlakatimiz, fuqarolarimiz uchun tahdidni ko‘rsak, qonun va tartibni ta’minlash uchun juda qat’iy harakat qilamiz”, deb javob berdi.
"Biz kecha kechqurun Los-Anjelesda sodir bo‘lgan voqealarni diqqat bilan kuzatib bordik. Ko‘p zo‘ravonliklar bo‘lgan va bundan ham battarroq bo‘lishi mumkin edi", deb ta’kidladi AQSh prezidenti va mamlakatda "bunday bo‘lishiga" yo‘l qo‘ymasligini qo‘shimcha qildi.