Tramp ma’muriyati hafta oxirida AQSh Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbalaridan keyin Tehrondan javob qaytarishini kutgan va prezident Vashington mintaqaviy mojarolarda harbiy ishtirokini kuchaytirishini istamaydi.
Bu haqda Oq uy rasmiysi ma’lum qildi.
"Biz ular javob berishlarini bilardik. Ular Sulaymoniydan keyin ham xuddi shunday javob berishgan", dedi rasmiy 2020 yilda AQSh havo hujumida halok bo‘lgan Eron qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyga ishora qilib.
Prezident Donald Tramp kerak bo‘lsa, AQShning harbiy aralashuvini kuchaytirishga tayyor, dedi rasmiy. Tramp dushanba kuni tushdan keyin milliy xavfsizlik rasmiylari bilan gaplashishi kerak edi va uning pozisiyasi o‘zgarishi mumkin.