AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadadagi Katta yettilik sammitidan ertaroq Vashingtonga qaytishga qaror qilib, Oq uyda Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishga buyruq berdi, deb xabar berdi BBC.
Trampning Milliy xavfsizlik kengashini zudlik bilan Oq uydagi vaziyat xonasida chaqirish haqidagi qarori haqida ilk bor Fox News muxbiri X tarmog‘ida xabar bergan. Ko‘p o‘tmay, CNN xuddi shu ma’lumotni Tramp ma’muriyatidagi anonim manbadan oldi.
CNN qo‘shimcha qilishicha, Tramp kengashning zudlik bilan yoki Kanadadan qaytganidan so‘ng yig‘ilishini xohlayotganini aytmagan.
Milliy xavfsizlik kengashi AQShning yuqori martabali amaldorlaridan, jumladan, Davlat kotibi, Mudofaa vaziri va Milliy razvedka direktoridan iborat.
G7 sammiti bo‘lib o‘tayotgan tadbirda bo‘lgan BBC muxbiri Entoni Zurkerning qayd etishicha, Tramp jo‘nab ketishidan oldin yetti mamlakat davlat rahbarlari uchun kechki ziyofatda ishtirok etishni rejalashtirgan, boshqa tomondan, prezident samolyoti bortida Oq Uydagi uchrashuvda ishtirok etish uchun barcha zarur aloqa jihozlari bor.
Oq uy matbuot kotibi Tramp Yaqin Sharqdagi voqealar tufayli G7 sammitini erta tark etishini ma’lum qildi.