Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Tramp Meksikani ogohlantirdi

Tramp Meksikani ogohlantirdi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Meksika rasmiylari AQShga noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtata olmasa, bu mamlakatdan import qilinadigan mahsulotlarga 25 foizlik boj qo‘yish bilan tahdid qildi. AQShning eng yirik savdo sherigiga tegishli tahdid Trampning Shimoliy Karolinadagi saylovoldi mitingida yangragan.

AQShning sobiq prezidenti Meksikadan AQShga noqonuniy migrasiyaning oldini olish zarurligi haqida gapirdi.

Amerikalik siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Meksika u "qo‘ng‘iroq" qiladigan birinchi joylardan biri bo‘ladi.

"Bizni Meksika bosib oldi. Agar ular bizning mamlakatimizga jinoyatchilar va giyohvand moddalar hujumini to‘xtatmasalar, men ular AQShga yuboradigan hamma narsaga zudlik bilan 25 foizlik boj kiritaman" - dedi u.

Respublikachi nomzod prezident etib saylansa, tarif rejasida “100 foiz ishlash imkoniyati” borligini ta’kidladi.

"Agar bu ishlamasa, men 50ga qo‘yaman, agar bu ishlamasa, men 75ga olib boraman. Ajoyib yigitlar uchun 100 ga qo‘yaman", - deb va’da berdi u.

Ko‘pgina iqtisodchilar Tramp tahdid qilayotgan tariflar teskari ta’sir ko‘rsatishiga ishonishadi.

2016 yilgi prezidentlik poygasi chog‘ida Tramp AQSH-Meksika chegarasida devor qurishga va buning uchun Meksika to‘lashga va’da bergan, biroq u hech qachon va’dasini bajarmagan.

Kiritildi: 15:54 05.11.2024. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!