Oq uyning saylangan rahbari Donald Trampning aytishicha, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum unga o‘z mamlakati bilan chegara orqali Qo‘shma Shtatlarga kirib kelayotgan noqonuniy muhojirlar oqimiga ta’sir ko‘rsatishga va’da bergan.
"U bizning janubiy chegaramizni yopib, Meksika orqali AQShga migrasiyani to‘xtatishga rozi bo‘ldi," - deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari AQShda narkotrafik va giyohvand moddalarni iste’mol qilishni to‘xtatish uchun nima qilish mumkinligini ham muhokama qilgan.
"Bu juda samarali suhbat bo‘ldi," - deya AQSh siyosatchisidan iqtibos keltiradi TASS.