AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni investisiya shartnomasini imzolash uchun may oyi o‘rtalarida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini aytdi. Tashrif davomida AQSh iqtisodiyotiga 1 trillion dollarlik sarmoyaviy bitim imzolanishi kutilmoqda.
Bu uning ikkinchi muddatdagi ilk xorijiy safari bo‘ladi. Shuningdek AQSh Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga ham tashrif buyurish rejalashtirilgan.
"Bu kelasi oy, balki biroz keyinroq sodir bo‘lishi mumkin", – dedi Tramp Oval kabinetda jurnalistlarga.
Saudiya Arabistoni AQSh tashqi siyosatida tobora muhim rol o‘ynab, mojaroda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun AQSH, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi sifatida harakat qilmoqda.
Tashrif Ar-Riyodning AQSh iqtisodiyotiga 1 trillion dollardan ortiq sarmoya kiritishi, jumladan, harbiy texnika sotib olishi bo‘yicha kelishuv tuzishga qaratilgan. Tramp shu kabi kelishuvlar Qatar va BAAda ham imzolanishini taklif qildi.