Bu haqda The New York Times xabar bermoqda
Ma’lum bo‘lishicha, G‘azoning fuqaro mudofaasi xizmati va tibbiy xodimlaridan iborat guruh 23 mart kuni sektor janubida o‘ldirilgan.
Jinoyatni tasdiqlovchi dalil vazifasini o‘tayotgan videolavhani suratga olgan feldsher ham o‘ldirilgan. The New York Times tahririyatiga videolavhani BMTning yuqori martabali xodimi taqdim etgan.
15 nafar tibbiy xodimning jasadi 30 mart kuni topilgan. Qotillikni sodir etgan shaxslar jinoyatni yashirish uchun jasadlarning barchasini bitta umumiy qabrga ko‘mib yuborgan.
SAXAL esa dastavval noma’lum mashinalar shubha tug‘dirgani sabab o‘qqa tutilganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Isroil rasmiylari o‘ldirilganlar orasida terrorchilar borligini iddao qilgan. Ammo videolavhada tez tibbiy yordam va Qizil yarim oy jamiyati mashinalarida taniqlilik belgilari mavjudligi va mashinalar ogohlantiruvchi chiroqlarni yoqqan holda harakatlanganini ko‘rish mumkin.
NYT tegishli videoni e’lon qilishi ortidan SAXAL o‘z askarlari xato qilganini tan oldi, ammo qotilliklar uchun javobgarlik masalasiga to‘xtalmadi.