AQSh prezidenti o‘zining yaqin atrofiga DOGE bosh direktori Ilon Mask yaqin haftalarda ma’muriyatdagi amaldagi vazifasidan ketishi haqida ma’lum qildi, deb yozadi Politico.
Nashrning yozishicha, Tramp hamon Maskdan mamnun, biroq ular Maskning biznesga qaytishi va yordamchi rolga o‘tish vaqti keldi, degan qarorga kelishdi.
Maqolada, shuningdek, Tramp ma’muriyatining ba’zi insayderlari va ko‘plab tashqi ittifoqchilar tadbirkorning oldindan aytib bo‘lmaydiganligidan hafsalasi pir bo‘lib, unga siyosiy mas’uliyat sifatida qarashgani ham qayd etilgan .
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Leavitt, o‘z navbatida, OAVdagi mish-mishlarni inkor etib , Mask joriy ishi tugaguniga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp ma’muriyatida Mask vaqtinchalik davlat xodimi sanaladi, uning Oq uyda ishlashi 130 kun bilan cheklangan.