AQShdagi oraliq saylovlar natijasida respublikachilar Kongressning har ikki palatasidagi ko‘pchilikni boy berganidan so‘ng, prezident Donald Tramp ma’muriyatida kadrlar o‘zgarishi tayyorlanmoqda. Bu haqda The Washington Sun xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning Hindistondagi elchisi Serdjio Gor Davlat kotibi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Hozirda ushbu lavozimni egallab turgan Marko Rubio esa 2028 yoki 2032 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun ma’muriyatni tark etishi mumkin.
Biroq Serdjio Gor Davlat kotibi yoki Davlat departamentidagi boshqa rahbarlik lavozimini egallash niyati yo‘qligini bildirdi. U Marko Rubioning faoliyatini yuqori baholab, uni “tarixdagi eng buyuk davlat kotibi” va “qadrdon do‘stim”deb atadi.