Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Tramp ma’muriyati Ukrainaga Braziliya va Xitoydan ham tinchlikparvar kuchlarni yuborishni taklif qilmoqda

Tramp ma’muriyati Ukrainaga Braziliya va Xitoydan ham tinchlikparvar kuchlarni yuborishni taklif qilmoqda

Tramp ma’muriyati Ukrainaga Yevropadan tashqari davlatlardan, xususan, Braziliya va Xitoydan ham tinchlikparvar kuchlarni yuborishni taklif qilmoqda, deb xabar bermoqda The Economist.

Nashr manbalariga ko‘ra, AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens yevropaliklarga faqatgina Yevropa kuchlari Rossiyani tajovuzkor harakatlardan tiyib turishda unchalik samarali bo‘lmasligini aytgan.

Reuters ham Qo‘shma Shtatlar Yevropadan Ukraina xavfsizligini kafolatlash bo‘yicha kelishuvda qaysi uchinchi davlatlar ishtirok etishi va qancha harbiy kerakligi haqida so‘raganini yozmoqda.

Kreml esa hozircha tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish bo‘yicha aniq muzokaralar olib borilmaganini bildirdi.

NBC News xabariga ko‘ra, faqat tinchlik bitimi doirasida amerikaliklarga topshirilishi rejalashtirilgan Ukraina hududidagi konlarni qo‘riqlash uchun AQSh harbiylarining kam sonli guruhi yuborilishi mumkin.

Kiritildi: 18:08 17.02.2025. O'qildi: 1254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!