"Yel universiteti tomonidan yaratilgan dastur biometrik ma’lumotlar va sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilib, ukrainalik bolalarni deportasiya qilish holatlarini hujjatlashtirgan. Bu dastur Rossiya tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha muhim dalillar manbai bo‘lib xizmat qilgan va Vladimir Putin ustidan Xalqaro jinoiy sud tomonidan ayblov e’lon qilinishiga ham hissa qo‘shgan edi", deb yozadi nashr.
WP'ning ma’lum qilishicha, olimlar dastur ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatini yo‘qotgan. Bundan tashqari, to‘plangan ma’lumotlarning o‘chirilgan bo‘lishi mumkinligidan xavotirlar mavjud.
"Amerikalik qonunchilar guruhi AQSh davlat kotibi Marko Rubioga maktub yo‘llab, Ukrainadan bolalarni noqonuniy deportasiya qilish haqidagi ma’lumotlar yo‘qolishining halokatli oqibatlari haqida ogohlantirgan", deya xabar bermoqda nashr.