Agentlik manbalariga ko‘ra, Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimini egallaganidan kelganidan buyon “Rossiya dezinformasiyasi”ga qarshi kurashish bilan shug‘ullangan tuzilmalarning faoliyati qisqarmoqda.
2024 yilda Bayden ma’muriyati G‘arb davlatlariga qarshi “harakatlarga”ga javoban maxsus ishchi guruhlar tuzgan edi. Tramp hokimiyatga kelgach, bu sa’y-harakatlar deyarli to‘xtadi, Yevropa mamlakatlari bilan muntazam uchrashuvlar bekor qilindi.
AQSh Milliy xavfsizlik kengashi FQB, Ichki xavfsizlik vazirligi va Davlat departamenti bilan rasmiy hamkorlikni tugatdi. O‘tgan oyda FQB xorijiy davlatlar, jumladan Rossiya tomonidan AQSh saylovlariga aralashuvga qarshi kurashish harakatini to‘xtatdi va ushbu masala ustida ishlagan Ichki xavfsizlik vazirligi xodimlarini ta’tilga yubordi.
Bundan tashqari, AQSh Adliya vazirligi rossiyalik oligarxlarning aktivlarini musodara qiluvchi guruhni ham tarqatib yubordi.