Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tramp ma’muriyati Oq uydagi ta’mirlashga homiylik qilganlarning ayrimlarini ismini yashirgan — The Wall Street Journal

Tramp ma’muriyati Oq uydagi ta’mirlashga homiylik qilganlarning ayrimlarini ismini yashirgan — The Wall Street Journal

"Oq uyning qayta qurilishi doirasida binoning sharqiy qanoti buzib tashlangan, ammo bu loyiha homiylarining bir qismini ismi sir saqlangan. Ularning ba’zilari Donald Tramp ma’muriyati bilan ishbilarmonlik aloqalariga ega yoki uning qarorlaridan foyda ko‘rishi mumkin", deb yozadi gazeta.

Bir hafta avval Oq uyni qayta qurish uchun mablag‘ xayriya qilgan donorlar ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Ular orasida Apple, Meta, Amazon Google kabi yirik kompaniyalar, shuningdek, ayrim xususiy shaxslar va oilaviy jamg‘armalar bor.

"Umumiy ro‘yxatda 37 ta nom keltirilgan, biroq jurnalistlarning aniqlashicha, u to‘liq emas. Ayrim donorlar o‘z ismlari yoki kompaniya nomlarining ro‘yxatda ko‘rsatilmasligini afzal ko‘rgan", deyiladi WSJ xabarida.

Kiritildi: 18:18 02.11.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!