Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp ma’muriyati neft narxi 200 dollarga yetishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Tramp ma’muriyati neft narxi 200 dollarga yetishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Agentlikning vaziyatdan xabardor manbalariga ko‘ra, neft narxining keskin ko‘tarilishi ssenariysi uchun iqtisodiy vaziyatni modellashtirish muntazam ravishda o‘tkazib turiladi va bu prognoz hisoblanmaydi. Ularning aytishicha, bu ish AQSh ma’muriyatining barcha ehtimoliy vaziyatlarga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishga qaratilgan.

"Yaqin Sharqda urush boshlanishi arafasida AQSh moliya vaziri Skott Bessent ushbu mojaro neft narxining oshishiga olib kelishidan xavotir bildirgan edi. Vazirlik xodimlari bir necha hafta davomida o‘z xavotirlarini Oq uyga yetkazib turgan", — dedi Bloomberg suhbatdoshi.

Bloomberg'ning qayd etishicha, hatto bir necha oy davomida narxning 170 dollar atrofida bo‘lishi ham AQSh va Yevropada inflyasiyaning oshishiga va iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib keladi. Buning Qo‘shma Shtatlarda allaqachon sezilayotgan eng katta ta’siri benzin narxlarining 30 foizga oshishi bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 18:39. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!