Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp ma’muriyati AQShda Xitoyning DeepSeek chat-botini bloklash masalasini muhokama qilmoqda — The New York Times

A A A
Tramp ma’muriyati AQShda Xitoyning DeepSeek chat-botini bloklash masalasini muhokama qilmoqda — The New York Times

"Vashington Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekt chat-botiga va ushbu tizimda ishlatilgan chiplarni ishlab chiqaruvchi yetakchi Amerika kompaniyasi Nvidia'ga nisbatan cheklov choralarini ko‘rib chiqmoqda", deb yozadi gazeta manbalariga tayanib.

Manbalarga ko‘ra, AQSh ma’muriyati allaqachon Nvidia chiplarining Xitoyga sotilishini cheklab qo‘ygan. Endi esa DeepSeek kompaniyasining Amerika texnologiyalarini sotib olishini taqiqlovchi sanksiyalar joriy etilishi va amerikaliklarga DeepSeek'dan foydalanishni taqiqlash imkoniyati muhokama qilinmoqda.

DeepSeek kompaniyasi yanvar oyida DeepSeek-V3 nomli yangi sun’iy intellekt tizimini taqdim etgandi. Bu tizim ilg‘or texnologiyalar bilan bemalol raqobatlasha oladi. DeepSeek vakillarining aytishicha, ular ushbu modelni atigi ikki oy ichida yaratgan va bunga olti million dollardan kam mablag‘ sarflagan. Holbuki, AQSh kompaniyalari sun’iy intellekt tizimlari uchun o‘nlab barobar ko‘proq xarajat qilmoqda. DeepSeek ishga tushganidan so‘ng, “ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash” maqsadida Italiya hukumati uni mamlakat hududida bloklagan edi.

Kiritildi: 11:44 17.04.2025. O'qildi: 1000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!