AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Osiyo, Afrika, Sharqiy Yevropa hamda Markaziy va Janubiy Amerikadagi 48 nafar elchini chaqirib olishga qaror qildi.
Bu haqda Associated Press manbalariga tayanib xabar berdi.
Associated Press avvalroq chaqirib olish 29 davlatdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga taalluqli bo‘lishini xabar qilgan edi.
"Bu har qanday ma’muriyatdagi standart tartib. Elchi prezidentning shaxsiy vakili bo‘lib, prezident bu mamlakatlarda "Birinchi navbatda Amerika" kun tartibini ilgari suruvchi shaxslarning bo‘lishini ta’minlash vakolatiga ega", — deya Davlat departamenti vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirgan gazeta.
Biroq Tramp ma’muriyati AQShning asosiy hamkorlari bo‘lgan mamlakatlardagi diplomatik missiyalarning doimiy rahbarlarini haligacha tayinlagani yo‘q, deb ta’kidladi nashr. Xususan, Avstraliya, Germaniya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Ukrainada Amerika elchilari yo‘q.