Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp: "Kubalik muhojir Dallasda bir insonning boshini tanasidan judo qildi, noqonuniy migrantlar - jinoyatchilar!"

Tramp: "Kubalik muhojir Dallasda bir insonning boshini tanasidan judo qildi, noqonuniy migrantlar - jinoyatchilar!"

AQSh prezidenti Donald Tramp Dallasda Kubadan kelgan noqonuniy muhojir oilasi ko‘z o‘ngida erkakning boshini judo qilgan voqeadan xabardor bo‘lganini aytdi.

Bu haqda siyosatchi Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirdi. Gumondor avvalroq bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va avtomashina o‘g‘irlash aybi bilan hibsga olingani, biroq unga sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan AQShga qaytib kirishga ruxsat berilgani haqida ta’kidladi.

"Ishoning, bu jinoyatchilar - noqonuniy muhojirlarga nisbatan yumshoq munosabatda bo‘lish vaqti tugadi... Bu jinoyatchi... qonun doirasida to‘liq javobgarlikka tortiladi. U birinchi darajali qotillikda ayblanadi", - dedi Tramp.

Avvalroq AQSh prezidenti ma’muriyati viza yoki grin karta so‘ragan migrantlar uchun yangi cheklar joriy qilmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, AQShda Amerika vizasiga ega bo‘lgan 55 milliondan ortiq odam qonunbuzarliklar uchun tekshirilishi da’vo qilingan.

Kiritildi: 11:16 15.09.2025. O'qildi: 686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!