Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Tramp: Koronavirus vaksinasi prezidentlik saylovlaridan oldin tayyor bo‘ladi

Tramp: Koronavirus vaksinasi prezidentlik saylovlaridan oldin tayyor bo‘ladi

6 avgust kuni Donald Tramp AQShda koronavirusga qarshi vaksina 3 noyabrgacha, ya’ni prezidentlik saylovlaridan oldin tayyor bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Geraldo Rivera” nomli radioeshittirish muxbiri xabar bergan.

Prezidentdan vaksinaning qachon tayyor bo‘lishi mumkinligi haqida so‘ralganda u shunday javob bergan:

“Vaksina shu yilning oxirigacha tayyor bo‘ladi. Lekin undan ham oldinroq biz vaksinaga ega bo‘lishimiz mumkin.”

“3 noyabrdan oldinroq ham tayyor bo‘lishi mumkinmi?” deya so‘radi boshlovchi.

“Menimcha, ha, bu muddatgacha vaksina tayyor bo‘lishi ehtimoli bor” deya javob bergan Tramp.

Hozirda AQSh iqtisodiyoti koronavirus sabab o‘rnatilgan cheklovlardan jiddiy zarar ko‘rmoqda. Noyabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qayta saylanishni xohlayotgan Tramp pandemiya davrida hayotni normal hayotga qaytarishga urinmoqda va maktablardan faoliyatlarini qayta boshlashlarini talab qilmoqda.

Tramp vaksina yaratilganidan keyin Qo‘shma Shtatlarning iqtisodiyoti qayta tiklanishiga ishonch bildirmoqda.

“Biz tez orada vaksinaga ega bo‘lamiz, tez kunlarda sog‘lom va baxtiyor bo‘lamiz” degan Tramp radiodasturda.

Koronavirus eng ko‘p tarqalgan mamlakat hisoblanuvchi Qo‘shma Shtatlarda ayni damlarda kuniga o‘rtacha hisobda 1 000 nafar kishi ushbu virus qurboniga aylanmqoda. AQSh hukumatining infeksion kasalliklar bo‘yicha bosh eksperti Antoni Fauchining shu haftada Reuters agentligiga  bergan intervyusida aytishicha, AQShda yilning oxirigacha kamida bitta vaksina muvaffaqiyatga erishadi.

Kiritildi: 13:20 07.08.2020. O'qildi: 2323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!