Bu haqda The New York Times o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, Recon 3.0 nomli qonun loyihasi AQSh harbiy byudjetini 1,5 trillion dollargacha oshirishi kerak.
"Mablag‘lar “Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimi, harbiy flotni yangilash, o‘q-dorilar zaxiralarini to‘ldirish hamda F-47, B-21 samolyotlari va zamonaviy dronlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan", deyiladi maqolada.