Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Tramp kongressman Maykl Uolsga milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi lavozimini taklif qildi

Tramp kongressman Maykl Uolsga milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi lavozimini taklif qildi

Donald Tramp kongressman Maykl Uolsga milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi lavozimini taklif qildi.

Bu haqda The Washington Post va Reuters manbalarga tayanib yozmoqda.

50 yoshli respublikachi Maykl Uols Trampning migrasiya siyosatini va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi pozisiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Uols Xitoy tashqi siyosatining tanqidchisi sifatida tanilgan", deb yozadi WP.

Reuters agentligining qayd etishicha, Maykl Uols AQSh prezidentini milliy xavfsizlikning muhim masalalari bo‘yicha xabardor qilish uchun javobgar bo‘ladi va uning nomzodi bu lavozimga Senat tomonidan tasdiqlanishi shart emas.

Bundan tashqari, The New York Times gazetasining yozishicha, Donald Tramp Florida shtatidan senator Marko Rubioni AQSh Davlat kotibi etib tayinlashi mumkin. Gazeta uni "Xitoyga nisbatan agressiv siyosat tarafdori" deya qayd etadi.

"Rubio o‘tmishda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qattiq qoralaganiga qaramay, endi u mojaroni hal qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin", deb yozadi NYT.

Kiritildi: 11:33 12.11.2024. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!