Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Kiyevni iqtisodiy mustamlakaga aylantirmoqchi

Tramp Kiyevni iqtisodiy mustamlakaga aylantirmoqchi

Oldinroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga nodir yer elementlarini AQSh yordamiga almashtirishni taklif qilgandi. The Daily Telegraph nashrining yozishicha, Trampning ushbu shartlari «Germaniya va Yaponiyaga 1945 yildagi mag‘lubiyatidan keyin qo‘yilgan moliyaviy sanksiyalardan ham yomonroq».

Mazkur kelishuvning amalga oshishi «AQSh tomonidan Ukrainani iqtisodiy mustamlaka qilish bilan barobar».

Hujjat loyihasida aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar va Ukraina «mojaro tomonlari Ukrainani qayta qurishdan naf ko‘rmasligini» ta’minlash uchun qo‘shma sarmoya fondini tuzishi kerak. Shartnoma «er osti boyliklari, neft va gaz resurslari, portlar va boshqa infratuzilmalarni» qamrab oladi.

Kelishuvga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Qo‘shma Shtatlardan Ukrainaning resurslar qazib olishdan keladigan joriy daromadlari yarmini, shuningdek, «uchinchi shaxslarga berilgan barcha yangi lisenziyalar» narxining yarmini olishini istagan.

«Bu band «avval bizga pul to‘lang, keyin bolalaringizni boqing» degan ma’noni anglatadi», degan gazetaga muzokaralarga yaqin manbalardan biri.

Kiritildi: 23:00 18.02.2025. O'qildi: 1853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!