Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tramp ketar chog‘ida yaxshigina soqqa ishlamoqchi

Tramp ketar chog‘ida yaxshigina soqqa ishlamoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimdan ketar chog‘ida Saudiya Arabistoniga katta summali qurol sotilishiga erishmoqchi. 

Tramp ma’muriyati Riyozga 478 milllion dollarlik qurol sotilishi uchun lisenziya berilishini istayotgani haqida Kongressni xabardor qilgan.    

Bloomberg xabarida aytilishicha, Amerikaning Raytheon Technologies kompaniyasi lisenziya olishi bilan Saudiya Arabistoniga qurol sotishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshlashi mumkin. 

The Washington Post nashri esa qurollar Saudiya Arabistonining o‘zida ishlab chiqarilishi mumkinligini va bu boradagi kelishuv ustida 2019 yilning boshidan beri ish olib borayotganini yozdi. Kelishuv 97 million dollarlik ichki xavfsizlik tizimini ham o‘z ichiga oladi. 

Donald Tramp prezidentlik paytida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmonni shaxsan qo‘llab-quvvatlab keldi. U Vashingtonning mintaqadagi yaqin hamkori bo‘lmish Riyozni junalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi, Yamandagi urush va boshqa bahsli masalalarda himoya qildi

Kiritildi: 07:57 26.12.2020. O'qildi: 4083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!