Ulardan biri “Amerika Ovozi” va “Ozodlik” radiosini nazorat qiladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp “byurokratiyaga qarshi kurashish” maqsadida bir qancha agentliklarning funksiyalari va faoliyatini qisqartiruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Oq uy xabar berdi .
Ro‘yxatga, jumladan, “Ozodlik” va “Amerika Ovozi” radiolarini boshqaradigan AQShning Global Media agentligi ham kiradi. “Ozodlik” radiosi xoldingiga kiruvchi “Ozod Osiyo” radiosi o‘z xodimlarining aksariyatini haq to‘lanmaydigan ta’tilga yuborishini allaqachon ma’lum qilgan .
Ishdan bo‘shatish bo‘yicha ro‘yxatdagi har bir davlat organining rahbari bir hafta muddatda Devon va byudjet departamenti direktoriga qonun hujjatlariga rioya etilishi to‘g‘risida hisobot taqdim etishi shart.