AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp seshanba kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan kelasi hafta uchrashishini aytdi .
Tramp bu haqda Michigandagi saylovoldi tashviqoti chog‘ida ma’lum qildi. U Hindistonni savdoni «juda katta suiiste’molchi» deb atadi, ammo Modi «fantastik» ekanligini qo‘shimcha qildi.
«U tasodifan kelasi hafta men bilan uchrashish uchun keladi», dedi Tramp uchrashuv qayerda bo‘lishi haqida qo‘shimcha ma’lumot bermasdan.
Hindiston Tashqi ishlar vazirligi seshanba kuni avvalroq Modining AQSh jadvalini e’lon qildi, ammo Tramp bilan uchrashuv haqida hech qanday izoh bermadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden 21 sentyabr kuni Delaverda Modi, Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze va Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida ishtirokida «To‘rtlik yetakchilar» sammitiga mezbonlik qilishni rejalashtirgan.
Hindiston tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Modi Nyu-Yorkdagi ba’zi rasmiy tadbirlarda ham ishtirok etadi.
So‘nggi oylarda Bayden va boshqa sammitlar uchun AQShga tashrif buyurgan ba’zi dunyo yetakchilari ham Tramp bilan uchrashishdi .
Respublikachi nomzod noyabr oyidagi prezidentlik saylovlarida vise-prezident Kamala Xarris bilan to‘qnash keladi .