Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Kanada bosh vaziriga uning mamlakatini AQSh tarkibiga qo‘shishni taklif qildi

Tramp Kanada bosh vaziriga uning mamlakatini AQSh tarkibiga qo‘shishni taklif qildi

"Menimcha, bu Kanada fuqarolari uchun soliqlarni keskin kamaytiradi. Siz dunyodagi eng qudratli armiya, a’lo darajadagi tibbiy xizmat va boshqa ko‘plab narsalarga ega bo‘lasiz. Bu juda katta afzalliklar beradi" — dedi Qo‘shma Shtatlar prezidenti Kanada bosh vaziri bilan Oq uydagi uchrashuvida.

Bosh vazir Mark Karni bunga javoban "Kanada sotilmaydi!", deb javob berdi.

"Agar siz ko‘chmas mulk dunyosidan xabardor bo‘lsangiz, ayrim hududlar bor, ular hech qachon sotilmaydi... So‘nggi bir necha oyda saylov kampaniyasi doirasida Kanada fuqarolari bilan uchrashdim, aytishim mumkinki, mamlakatimiz hech qachon sotilmaydi, bu kanadaliklarning xohishi. Ammo o‘zaro hamkorligimizda katta imkoniyatpar bor", — deya ta’kidladi Kanada hukumati rahbari.

Karni, shuningdek, Ottava Trampning mudofaa xarajatlarini oshirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. AQSh prezidenti esa kanadaliklar allaqachon bu yo‘lda harakat qilayotganini tasdiqladi.

Kiritildi: 10:12 07.05.2025. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!