2025 yil iyun oyida AQSh savdo kamomadi may oyiga nisbatan 16 foizga kamaydi va 60,2 milliard dollarni tashkil qildi.
Bu haqda AQSh Savdo vazirligi ma’lum qildi.
Oy davomida tovar va xizmatlar importi hajmi 337,5 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 12,8 foizga kamdir. Eksport 1,3 foizga kamaydi va 277,3 milliard dollarni tashkil etdi.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, prezident Donald Tramp ma’muriyati joriy qilgan bojxona to‘lovlari fonida AQShga import hajmi o‘tgan yilning mart oyidan beri eng past darajaga tushgan. Shu bilan birga, Xitoy bilan savdo taqchilligi 9,5 milliard dollargacha qisqardi - bu 2004 yil fevralidan beri eng past ko‘rsatkich. Xitoydan import 18,9 milliard dollargacha tushib, 2009 yil fevralidan beri eng past darajaga yetdi.