Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp joriy etgan boj to‘lovlarining asosiy yukini amerikaliklar ko‘tarmoqdami?

Tramp joriy etgan boj to‘lovlarining asosiy yukini amerikaliklar ko‘tarmoqdami?

Kil Jahon iqtisodiyoti instituti (IfW) ekspertlari hisob-kitoblariga ko‘ra, boshqa davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga solingan bojlarning 96 foizi AQSh importchilari va iste’molchilari tomonidan to‘lanmoqda.

Tadqiqotchilar AQShga yetkazib berilgan mahsulotlar bo‘yicha 25 milliondan ortiq ma’lumotni tahlil qilib, prezident Tramp bojlarni joriy etganidan keyin mamlakat daromadlari qariyb 200 milliard dollarga oshganini aniqladi. Biroq xorijiy eksportchilar bu yukning atigi 4 foizini o‘z zimmasiga olgan.

IfW xulosasiga ko‘ra, boj to‘lovlari amalda amerikalik xaridorlar uchun import mahsulotlariga qo‘shimcha “iste’mol solig‘i” vazifasini bajarmoqda. Institut tadqiqotlar direktori Yulian Xintsning AFP agentligiga aytishicha, bojlar asosan chet davlatlar zimmasiga tushayotgani haqidagi qarashlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va barcha xarajatlarni amerikaliklar to‘layapti.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!