Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp jinoyatchi migrantlarni Guantanamo qamoqxonasiga jo‘natmoqchi ekanini e’lon qildi

Tramp jinoyatchi migrantlarni Guantanamo qamoqxonasiga jo‘natmoqchi ekanini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp noqonuniy migrantlar orasida jinoyat sodir etgan, ammo deportasiya qilib bo‘lmaydigan shaxslar uchun Guantanamo harbiy bazasida maxsus lager tashkil qilish niyatida ekanini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda 30 000 gacha shaxs saqlanishi mumkin, ularni Tramp «eng yomoni – eng yomonlar orasida» deb atadi.

Oq uyda so‘zga chiqqan Tramp allaqachon tegishli farmon tayyorlanayotganini bildirdi. Ushbu hujjat Mudofaa vazirligi va Ichki xavfsizlik vazirligini bu markazni tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshlashga majbur qiladi.

«Ularning ayrimlari shu darajada xavfli ekanki, biz hatto boshqa davlatlarga ham ishonmaymiz – ularni o‘z hududida ushlab turishlariga», — deya tushuntirdi Tramp.

Guantanamo harbiy bazasi Kubada joylashgan bo‘lib, u 11 sentyabr teraktlaridan keyin terrorchilikda gumon qilingan shaxslarni saqlash uchun tashkil etilgan mashhur qamoqxona bilan tanilgan. Har xil yillarda u yerda 800 nafargacha mahbus saqlangan, ammo ularga AQSh sudlarida rasmiy sud jarayoni o‘tkazilmagan. Barack Obama ham, Jo Bayden ham Guantanamo qamoqxonasini yopishni va’da qilgan edi, ammo u hanuzgacha faoliyatini davom ettirmoqda.

Trampning bu taklifi inson huquqlari himoyachilari tomonidan keskin tanqidga uchradi. Ular Guantanamo qamoqxonasini huquqiy me’yorlar buziladigan joy va inson huquqlari poymol etiladigan ramz deb atashmoqda. Biroq yangi prezident ma’muriyati bu qarorni yagona real yechim deb hisoblamoqda, chunki jinoyatchi migrantlarni ularning vatani bo‘lmish davlatlarga qaytarish tobora murakkablashib bormoqda.

Kiritildi: 22:05 30.01.2025. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!