Tramp jamoasi Zelenskiydan “qutilish”ni istamoqda, deb yozmoqdaThe Economist
Diplomatlardan birining nashrga aytishicha, AQSh prezidenti Zelenskiyni hech qachon yoqtirmagan va uni "noqulay" hamkor deb hisoblaydi. "Gap saylovlarda emas, Zelenskiydan qutulishda”, - deydi u.
Maqolada qayd etilishicha, Ukraina hukumatining o‘zida ham xavotir kuchaymoqda. Hukmron partiya rasmiylari AQSh yordamining pasayishi haqida gapirib, Vashingtondagi aloqalari zaiflashganini aytishmoqda. Oliy Rada deputatlaridan birining aytishicha, parlamentariylar o‘rtasida tez orada “tahqirlovchi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi” uchun ovoz berishga majbur bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda.