Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp jahon chempionatida namoyishlarga ruxsat berdi

Tramp jahon chempionatida namoyishlarga ruxsat berdi

Qo‘shma Shtatlar 2026 yilgi jahon chempionati vaqtida Falastinni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ehtimoliy namoyishlarning oldini olmaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda FIFA prezidenti Janni Infantino bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Bunday namoyishlar ishtirokchilari cheklovlardan ehtiyot bo‘lishlari kerakmi, degan savolga Tramp jahon chempionati vaqtida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarga ruxsat berilishini ta’kidladi.

«Odamlar norozilik bildirish huquqiga ega. Lekin buni oqilona yo‘l bilan qilish kerak», dedi u.

2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Turnirda ishtirok etish uchun 8 milliondan ortiq muxlislar Qo‘shma Shtatlarga borishi kutilmoqda.

Kiritildi: 11:45 09.05.2025. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!