Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp ishtirokidagi tadbirda o‘q uzgan shaxs Oq uy ma’muriyati a’zolarini o‘ldirmoqchi bo‘lgan

Tramp ishtirokidagi tadbirda o‘q uzgan shaxs Oq uy ma’muriyati a’zolarini o‘ldirmoqchi bo‘lgan

AQSh Prezidenti ishtirokidagi tadbirda yuz bergan otishmadan so‘ng qo‘lga olingan 31 yoshli o‘qituvchi Koul Allen Oq uy ma’muriyati a’zolarini otib tashlashni rejalashtirganini tan oldi.

Bu haqda CBS News huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

U aynan Prezidentga qarata o‘q uzishni rejalashtirganmi yoki yo‘q bunga aniqlik kiritmagan. Kolumbiya okrugi polisiya boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Jeff Kerrollning so‘zlariga ko‘ra, Koul Allen matbuot kechki ovqati o‘tkazilayotgan Washington Hilton mehmonxonasining mijozi bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralarining bayon qilishicha, hujumchi to‘pponcha va bir nechta pichoq bilan qurollangan bo‘lgan. U yolg‘iz harakat qilgan va banket zali kirishida kamida 5–8 marta o‘q uzgan, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 13:35. O'qildi: 426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!