Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish evaziga Eron bilan yadroviy kelishuvdan voz kechishga tayyor — The Wall Street Journal.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti maslahatchilari bilan shaxsiy suhbatlarda, agar Tehron bo‘g‘oz orqali kemalar qatnovini to‘liq tiklasa, yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvsiz ham nizoni yakunlashi mumkinligini bildirgan.
Biroq Eron yangi shartlarni ilgari surmoqda, jumladan, urush va dengiz blokadasini to‘xtatish, AQSh qo‘shinlarini mintaqadan olib chiqish, sanksiyalarni bekor qilish, aktivlarni muzlatishdan chiqarish va reparasiya to‘lash.