Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat to‘liq nazoratda ekanini bildirdi

Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat to‘liq nazoratda ekanini bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyatni to‘liq nazorat ostiga olganini da’vo qildi.

U bu haqda Fransiyaning TF1 telekanali jurnalisti bilan telefon orqali suhbatda aytgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u ayrim ittifoqchilaridan xafa bo‘lgan, ammo strategik jihatdan muhim hududdagi vaziyat ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilgan.

Shuningdek, u avvalroq Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini doimiy ravishda ochishga rozi bo‘lganini ham bildirgan edi.

Trampning ta’kidlashicha, Tehron Vashington ko‘magida bo‘g‘ozdagi dengiz minalarini tozalash ishlarini ham olib bormoqda.

AQSh prezidenti bu holatni “butun dunyo uchun ajoyib kun” deb atadi.

Kiritildi: 21:23 20.04.2026. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!