Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp: "Hozir aybdorlar haqida gapirish qiyin, men prezident bo‘lganimda, bu urush bo‘lmasdi"

Tramp: "Hozir aybdorlar haqida gapirish qiyin, men prezident bo‘lganimda, bu urush bo‘lmasdi"

Tramp Oq uyda jurnalistlarning bir nechta savollariga javob berdi. U, jumladan, Rossiya-Ukraina inqirozini keltirib chiqarganlar, shuningdek, Jey Di Vensning Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi nutqidan keyin yevropalik siyosatchilar tomonidan aytilgan salbiy bayonotlar kabi masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

"Hozirgi inqirozda Ukraina aybdormi yoki Rossiya? Menimcha, bunda ko‘pchilik aybdor. Men buni juda oddiy tushuntiraman: agar men prezident bo‘lganimda, hozir bu urush bo‘lmas edi", — deya fikr bildirdi u.

Jey Di Vensning nutqi haqida berilgan savolga Tramp shunday javob qaytardi:

"Fikrimcha, Yevropa yetakchilarining Myunxen konferensiyasidagi Vens nutqidan g‘azablanishlariga asos yo‘q. U so‘z erkinligi haqida gapirdi. Ajoyib nutq. Yevropada so‘z erkinligi haqiqatan ham yo‘qolib ketmoqda".

Kiritildi: 07:37 15.02.2025. O'qildi: 827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!